Navas Turindan uy qidirmoqda

Madridning “Real” klubi darvozaboni Keylor Navas jamoani tark etishga qaror qildi.

Calciomercato nashrining xabariga ko'ra, kosta-rikalik darvozabon Turindan o'ziga uy izlamoqda va qishda “Yuventus”ga o'tishi mumkin.

Tibo Kurtua “Real”ga kelishi bilan Navas asosiy tarkibdagi o'rnini yo'qotib qo'ydi. Shuning uchun, 32 yoshli posbon boshqa jamoaga o'tishni xohlamoqda.

Eslatib o'tamiz, yozda “Real”dan “Yuventus”ga Krishtianu Ronaldu o'tgan edi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив