Odil Ahmedov Xitoy klubini tark etadi

Xitoyning Shanhay SIPG klubi tarkibida Xitoy chempionligini qo'lga kiritgan Odil Ahmedov qishki tanaffus paytida jamoani tark etadi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Ahmedov ancha oldin Xitoyni tark etishga qaror qilgan. Xitoyga uni taklif etgan portugaliyalik Andre Villash-Boash iste'foga chiqarilganidan buyon Ahmedov asosiy tarkibda ko'rinish bergani yo'q. Ortda qolgan 29 ta uchrashuvning 19 tasidagina Ahmedov maydonga tushgan. Shu bois, u jamoani almashtirish niyatida.

Hozirda Ahmedovga Toshkentning Paxtakor klubi va Janubiy Koreya Key-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi esa bu borada bir to'xtamga kelgani yo'q.

Bir yil muqaddam bergan intervyusida Xitoy klubi uning uchun legioner sifatidagi so'nggi jamoa bo'lib qolishi, shundan so'ng O'zbekistonga qaytish niyatida ekanini ma'lum qilgandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив