Football Leaks. «PSJ»ning yana bir muammosi fosh qilindi

Football Leaks "PSJ" klubi bilan bog'liq yana bir mojaroli faktni oshkor qildi. "Pari Sen-Jermen" vakillari klub akademiyasiga futbolchilarni tanlab olishda ularning irqiga ahamiyat qaratishgan.

Yosh o'yinchilar haqidagi anketa to'ldirilayotganda ularning kelib chiqishi haqida band ham bo'lgan. Jumladan, variatnlar orasida frantsuz, magribinalik, afrikalik va hindu. Jamoa afrikalik futbolchilarni Akademiyaga qabul qilmaslikka harakat qilgan. Boisi, ularning tug'ilgan yili borasida ishonch yo'q bo'lgan.

Frantsiya qonunlariga ko'ra, fuqarolarni irqiy jihatdan ajratish taqiqlanadi. "PSJ" futbol akademiyasida bunday ishlar 2013-2018 yillar oralig'ida olib borilgan.

O'z navbatida, «PSJ» bunday ishlar bo'lganini tan oldi.

«Ha, bolalarni tanlab olishda bunday ishlar avval bo'lgan. Skautlar futbolchilarning anketasida ularning irqini ko'rsatishgan. Bu skautlar xizmati boshlig'ining talabi bilan qilgan. Bundan xabar topgan rahbariyat surishtiruv ishlarini olib borib, bunga chek qo'ygan. Hozirda klub akademiyasiga qabul qilishda futbolchilarning irqi va kelib chiqishiga ahamiyat qaritilmaydi. Klub faoliyatining asosi — irqiy kamsitilishga qarshi kurashishdan iborat», – deya bayonot berdi klub.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив