Sarri: "Beloruslarni yaxshi o'yin bilan tabriklayman"

"Chelsi" bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Evropa ligasida BATE ustidan safardagi g'alabadan so'ng (1:0) fikrlarini bildirdi.

"Tanaffusgacha jamoadan norozi bo'ldim. Ammo ikkinchi bo'limning dastlabki 30 daqiasida xursand qildi, gol urdik. Biroq oxirgi 15 daqiqa yana ko'rimsiz bo'ldi. Baribir g'alaba qozona oldik. Bu jamoaning xizmati. Ob-havoni ta'kidlash kerak, shu sababli o'yin yaxshi bo'lmadi.

Jiru? Uning gol urganidan xursandman. U biz uchun muhim o'yinchi. Maqsadimiz guruhdan chiqish. Endi birinchi o'rinni ko'zlayapmiz. Buning uchun 1 ochko olishimiz kerak. BATE? Raqib yaxshi o'yin ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda vaziyatlar ko'p bo'ldi. Borisov o'yinni durang qilishi ham mumkin edi. Beloruslarni yaxshi o'yin bilan tabriklayman", - deydi Sarri.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив