Jerrardning hafsalasi pir bo'ldi

“Reynjers” bosh murabbiyi Stiven Jerrard Evropa ligasi guruh bosqichining 4-turida “Spartak”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

“Tabiiyki, men natijadan xafa bo'ldim. Biz qo'rqimasdan hujum qildik. Ba'zi paytlarda shunday qilganimiz uchun rag'batlandik, lekin siz kuchli raqib bilan uchrashganda, to'g'ri himoyalanmasangiz, u sizni jazolaydi.

Biz odatdagi, asosiy narsalarni qilmadik, noto'g'ri pozitsiyalarni tanladik, vazifalarni to'g'ri bajarmadik. Himoya chizig'imiz hafsalamni pir qildi. Biz to'rtta gol urishimizga ishongandik biroq, uchta bilan cheklandik va natija kutilgandek bo'lmadi.

Tanaffusdan so'ng dahshatli besh daqiqani o'tgazdik. Ehtimol, almashtirishlar yordam berishi mumkin edi, ammo o'tkazib yuborilgan gollar taktik xato emas balki futbolchilarning shaxsiy xatosi edi. Futbolchilar ham tirik odam, ular ham xato qilib turishadi. noto'g'ri bo'lishi mumkin.

Endi bizning oldimizdaqiyin vazifa turibdi. “Spartak” bilan birinchi o'yinda durang hisobga olinsa, guruhdan chiqish uchun imkoniyatlarimiz pasayib bormoqda. Barcha ayb o'zimizda. Munosib tarzda mag'lub bo'ldik”,- deydi Jerrard.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив