Runi xayrlashuv uchrashuvini zaxira o'rindig'ida boshlaydi

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Garet Sautgeyt "Di Si Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi AQShga qarshi kechadigan o'rtoqlik o'yinini zaxira o'rindig'ida boshlashini ma'lum qildi. Uning intervyusini Sky Sports chop etgan.

"U 10-raqam ostida maydonga tushmaydi, chunki o'yinni asosiy tarkibda boshlamaydi. Sardorlik masalasiga kelsak, Ueyn oxirgi marta jamoa safida maydonga tushganida Henderson bog'ichni darhol unga bergan edi. O'ylashimcha, bu safar ham barchasi maydondagi vaziyat va o'yinchilarning o'zlariga bog'liq bo'ladi. Men uchun bu juda jiddiy ahamiyatga ega emas", - deb aytib o'tdi Sautgeyt.

Runining termadagi xayrlashuv uchrashuvi 15 noyabr, payshanba kuni «Uembli» stadionida bo'lib o'tadi. O'yin 33 yoshli futbolchining xayriya fondi ko'magida o'tkazilmoqda. Ueyn uchun bu bahs terma jamoa libosidagi 120-o'yin bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, hujumchi 2016 yilda xalqaro faoliyatiga yakun yasagan edi. U jami hisobda 119 o'yinda 53 ta gol kiritgan va bu natija bilan "uch sherlar" tarixidagi eng yaxshi to'purar sanaladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив