Anri PSJga qarshi o'yin haqida: « O'yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi»

“Monako” bosh murabbiyi Terri Anri PSJga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

“Bosim saqlanib turibdi. U bizning turnir jadvalidagi o'rnimizga aloqador emas. Yakshanba kuni bizni nima kutib turganini bilamiz. Bu jamoaga qarshi o'ynash oson emas. Birgina biz emas, balki, Evropaning qolgan klublari ham PSJ bilan o'yinda qiynalishadi. Ularga muammolar tug'dirishga harakat qilamiz.

O'yin 0:0 hisobi bilan boshlanadi. Ularga hech kim 3 ochkoni kafolatlamagan. Evrokuboklardagi uchrashuvlar rejadagidek o'tmadi. Bilamiz top-klublar raqibni tor-mor etishi kerak lekin, har doim o'ylagan rejalar amalga oshavermaydi”, - deydi frantsiyalik mutaxassis.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив