Superliga. «Qizilqum» - «Nasaf». Prevyu

“Nasaf” Pepsi Superliganing 30-tur uchrashuvini safarda Navoiyning “Qizilqum” jamoasi bilan o'tkazadi. Uchrashuv 10 noyabr shanba kuni “Yoshlar sport majmuasi”da soat 16:00da boshlanadi.

O'zaro uchrashuvlar tarixidan

Mazkur jamoalarning o'zaro uchrashuvlari tarixiga nazar tashlasak, “Nasaf” va “Qizilqum” jamoalari hozirgacha 39 marta kuch sinashgan. Ushbu bahslarning 23 tasida jamoamizning qo'li baland kelgan bo'lsa, 6 uchrashuvda navoiylik futbolchilar g'alaba qozonishgan. 10 uchrashuvda tomonlar durangga imzo chekishgan.

To'plar nisbati bo'yicha ham “Nasaf” ustunlik qilmoqda: 74-41.   

Endi mazkur jamoalar o'rtasidagi eng yirik hisoblar haqida to'xtaladigan bo'lsak, jamoamiz “Qizilqum” ustidan 7:1, 5:2 va 4:0 ko'rinishida g'alabaga erishgan. “Qizilqum”ning “Nasaf” ustidan eng yirik hisobdagi g'alabasi 3:1 ko'rinishida.

Shu yili 2 oktyabr kuni Qarshida o'tkazilgan so'nggi o'zaro o'yinda 4:2 hisobida “ajdarlar”ning qo'li baland kelgan.

Navoiyda bo'lgan o'zaro uchrashuvlarga oid

Navoiyda bo'lib o'tgan o'zaro o'yinlar statistikasiga ko'ra, jamoamiz Navoiyda o'tkazilgan 19 uchrashuvning 8tasida g'alaba, 6tasida durang va yana 5 uchrashuvda mag'lubiyatga uchragan. Yana bir qiziqarli fakt, “Qizilqum” jamoasi o'z maydonida so'nggi marta 2008 yilda “Nasaf”ni mag'lubiyatga uchratgan.

Shu yili Navoiyda bo'liba o'tgan o'zaro o'yinda jamoamiz 2:1 hisobida g'alabaga erishgan.

Navoiyda bo'lgan so'ngi besh uchrashuv

10.08.2013. “Qizilqum” – “Nasaf” 0:1

06.06.2014. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

26.08.2015. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

25.06.2016. “Qizilqum” – “Nasaf” 3:3

29.04.2017. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:1

18.03.2018. “Qizilqum” – “Nasaf” 1:2

Mazkur jamoalarning o'rinbosarlari o'rtasidagi uchrashuv Navoiy shahridagi “Kimyogar” stadionida 9 noyabr juma kuni bo'lib o'tadi va soat 15:00da boshlanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив