Ruslan Nurutdinov jahon chempionatida bronza medaliga sazovor bo'ldi

Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati o'z yakuniga etib bormoqda.

Bugun musobaqada -109 kg vazn toifasidagi sportchilar supachada kurashga chiqishdi. Ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Olimpiya va Osiyo o'yinlari g'olibi, jahon chempioni Ruslan Nurutdinov himoya qildi.

Hamyurtimiz dast ko'tarish bahslarida o'z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Siltab ko'tarishda esa 227 kg. natija ko'rsatdi va bronza medaliga ega chiqdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив