Andrey Fyodorov: «Natijadan va o'yinimizdan qoniqdim»

“Lokomotiv” – “Buxoro” uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Andrey Fyodorov quyidagicha fikr bildirdi:

- Bugungi bahsda yirik hisobda g'alabaga erishgan bo'lsak-da, o'yin u qadar oson o'tdi, deya olmayman. Zero bugun tarkibda va taktikada ancha o'zgarishlar bilan o'ynadik. Ba'zi yigitlar bugun umuman o'zlari uchun noodatiy pozitsiyalarda harakat qilishdi.

Lekin shunday bo'lsa ham o'yinimiz ancha qovushdi. Himoyada va hujumda yaxshi o'ynay oldik. O'yinning borishini to'la nazorat qildik va yakunda chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik. Yigitlarning o'yinidan ko'nglim to'ldi, - dedi murabbiy.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив