Dembele baribir yoshligiga bordi

Kataloniyaning “Barselona” klubi yarim himoyachisi Usmon Dembele hech kimni ogohlantirmasdan payshanba kuni bo'lib o'tgan mashg'ulotlarga kelmadi.

Frantsiyalik futbolchining bu qilig'idan butun jamoa hayron qoldi. Klub vakillari u bilan bog'lanishga harakat qilishidi. Biroq, 21 yoshli futbolchi bilan bog'lanisholmadi.

Faqatgina birozdan so'ng, Dembele sog'lig'ida muammolar yuzaga kelgani sababli uyida qolgani ma'lum bo'ldi. Keyinroq “anorranglilar” shifokorlari Dembele ichak grippiga chalinganligi haqida aytishdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив