Football Leaks: «PSJ» Neymarga futboldan tashqari boshqa ishlar uchun ham pul to'laydi

«PSJ» klubi o'z futbolchilariga futboldan tashqari boshqa ishlar uchun ham pul to'lashi ma'lum bo'ldi.

Football Leaks tarqatgan xabarga ko'ra, futbolchilar o'yindan oldin muxlislar bilan salomlashgani, o'yindan keyin ishqibozlarga minnatdorchilik bildirgani, mashg'ulotga o'z vaqtida kelgani, intervyu bergani va klub imijini buzmagani uchun klubdan qo'shimcha mukofot olishadi.

Jumladan, mazkur ishlar uchun Neymar oyiga 375 ming evro pul oladi. Bu jami maoshining 10 foizidan ortiqrog'ini tashkil qiladi. Hujumchi Kilian Mbappe 117 ming evro, himoyachi Dani Alves, hujumchi Edinson Kavani va yarim himoyachi Anxel Di Mariya – 70 ming evrodan, himoyachi Tiago Silva esa oyiga 33 ming evro oladi.

Ushbu qoidalarning buzilishi esa futbolchilarning jarimaga tortilishiga sabab bo'lishi mumkin. Masalan, yaqinda Marko Verratti "ichgan" holda avtomobil boshqargani uchun jarimaga tortilgandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив