Messi Valverdega: Nega bu futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushmayapti?

«Barselona» etakchisi Lionel Messi jamoaning hujumkor futbolchisi Malkom kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganidan tashvishga tushmoqda. "Ko'k-anorranglilar" sardori bu borada bosh murabbiy Ernesto Valverde bilan suhbatlashdi.

Argentinalik futbolchi: «Malkomni nimasidir yoqmayaptimi?», — deya so'ragan bo'lsa, murabbiy: «Yo'q», — deya javob berdi.

Braziliyalik futbolchi yozgi transfer paytida 41 million evro evaziga «Bordo»dan «Barselona»ga o'tgandi. Ushbu mavsumda Malkom atigi 4ta o'yinda ishtirok etdi va jami 114 daqiqa maydonda harakat qildi. Chempionlar ligasi doirasida «Inter»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinning (1:1) 81-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan futbolchi, kataloniyaliklar safidagi ilk golni urishga muvaffaq bo'ldi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив