Mbappe: «2018 yilda «Oltin to'p» Messi va Ronalduga nasib qilmasa kerak»

«PSJ» klubi va Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2018 yilda "Oltin to'p" qaysi futbolchiga nasib etishi mumkinligi haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

19 yoshli futbolchining fikricha, Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning hukmronligi hali yakuniga etmadi. Ular hamon o'z kuchlarini namoyish etishmoqda.

«Hozircha hech kim Messi va Ronaldudan yaxshiroq o'ynayotgani yo'q. Ammo 2018 yilda jahon chempionati o'tkazildi va bu narsa eng yaxshi futbolchini aniqlashda hal qiluvchi rol o'ynashi lozim. Umid qilaman, "Oltin to'p" frantsiyalik futbolchilardan biriga nasib etadi. Agar bunday hodisa ro'y bermasa, alamli bo'ladi. Biz tarixiy natijani qo'lga kiritdik. Ushbu sovrin ham bizniki bo'lsa yaxshi bo'lardi», — dedi Mbappe.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив