Matich: «Mourino «Siti»ni qanday to'xtatishni biladi»

“Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Nemanya Matich “Manchester Siti”ga qarshi o'yin oldidan fikrlarini bildirib o'tdi.

“Murakkab o'yin bo'lishini kutyapman. “Siti” kuchli jamoa ular har o'yinda ko'p gol urishadi. Lekin, “MYu”da ham kuchli tomonlari bor va biz buni amalda qo'llashimiz kerak.

“Siti”ning hujumlarini to'xtatishimiz kerak. Buning yo'li bor va Mourino buni biladi. “Yunayted” o'yinga tayyorlanadi. Ahir derbida har narsa bo'lishi mumkin”, - deydi Matich.

Ma'lumot uchun, “Man Siti” – “Man Yunayted” uchrashuvi 11 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив