Jahongir Mehmonov: «Bunyodkor»ni mag'lubiyatga uchratamiz»

Superliga 30-turi doirasidagi “Navbahor” – “Bunyodkor” uchrashuvidan oldin  “lochinlar”ning tajribali himoyachisi Jahongir Mehmonov bo'lajak o'yin borasida o'z fikrlarini bildirdi.

“Bunyodkor” bilan kechadigan o'yinga puxta tayyorgarlik ko'rdik. Jahongir Mehmonov rasmi 4Har bir murabbiyning futbolga va mashg'ulotlarga o'z qarashi bo'ladi. Jumladan, rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskis ham bundan mustasno emas.

Andrey Antasovich mashg'ulotlarni o'zgacha tarzda, ya'ni evropacha uslub va rang-barang olib bormoqda. Ushbu mashg'ulotlar “qaldirg'ochlar”ga qarshi o'tkaziladigan bahsda samara beradi, degan umiddaman.

“Bunyodkor” bilan kechadigan o'yin jamoamiz uchun final maqomiga teng. Boisi, chempionlik unvonini qo'lga kiritish uchun endi imkoniyatimiz qolmadi.

Shunday ekan, endi bor e'tiborimizni OChLga yo'llanma beradigan 2-o'ringa egallashga qaratamiz va buning uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz.

O'z maqsadimizga erishish uchun endi qolgan barcha uchrashuvlarda zafar quchishimiz shart. Shunday ekan, Xudo xohlasa, “Bunyodkor”ni albatta mag'lubiyatga uchratamiz va muxlislar ishonchini oqlaymiz, degan umiddaman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив