Doniyor Tohirov: «Sug'diyona» g'alabalarini davom ettiramiz»

Futzal bo'yicha O'zbekiston chempionati 21-turida “So'g'diyona” o'z maydonida “Buxoro” futzal jamoasini qabul qiladi. Ushbu bahs oldidan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda “So'g'diyona” jamoasining yosh va mahoratli futzalchisi Doniyor Toxirov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-“So'g'diyona”da ekanligimdan xursandman. Bu jamoada ichki muhit a'lo darajada. Shu sababli har bir o'yinga bir  oila bo'lib g'alaba uchun kurashamiz.

Chempionat hal qiluvchi pallasiga kirdi. Turnir jadvalidagi hozirgi o'rnimizdan yuqorilashga harakat qilamiz. Jamoamiz bilan faqat g'alaba uchun kurashamiz. Ushbu turda “So'g'diyona”ning barcha jamoalari g'alaba qozondi. O'ylaymizki, biz ham g'alabani davom ettiramiz va muxislarimizning ishonchini oqlaymiz degan umiddaman” -deydi Doniyor Tohirov.

"So'g'diyona" PFK matbuot xizmati

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив