18 yoshli «briliant» va joriy mavsumning 10 nafar kashfiyoti (fotogalereya)

Quyidagi fotojamlanmada nomi qayd etilgan futbolchilarning ayrimlari ko'pchilikka tanish, ba'zilari esa endigina dovruq qozonishmoqda.

Ayniqsa, kelajagi porloq yoshlarning ommaga tanilayotgani, yaqindagina omadi yurishmaganlarning o'yini ochilib ketayotgani muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turibdi. Xo'sh, joriy mavsum kashfiyotlari kimlar? Demak, tanishamiz.

MATTEO GENDUZI

Klubi: «Arsenal»

Yoshi: 19

Yozda «Loryan»dan 8 mln. evroga sotib olingan futbolchining asosiy tarkibga mustahkam o'rnashib olishini ko'pchilik kutmagandi.

 

PAKO AL'KASER

Klubi: «Borussiya D»

Yoshi: 25

«Barselona»da omadi yurishmagan hujumchi «Borussiya D»ning zaxira o'yinchisi bo'lganiga qaramay, 110 daqiqada 7ta gol urdi.

 

JEYDON SANChO

Klubi: «Borussiya D»

Yoshi: 18

Arzimagan summaga «Manchester Siti» akademiyasidan olingan iqtidor sohibining Germaniyada ko'rsatayotgan o'yini «shaharliklar»ni o'ylantirib qo'ygan bo'lsa, ajabmas.

 

KShIShTOF PYoNTEK

Klubi: «Jenoa»

Yoshi: 23

Italiya «A» seriyasi to'purarlari ro'yxatini boshqarib borayotgan polshalik futbolchi yozda «Krakoviya»dan 4,5 mln. evroga sotib olingandi.

 

RAYAN FREYZER

Klubi: «Bornmut»

Yoshi: 24

Joriy mavsum APLda 10ta o'yinda 3ta gol, 5ta assist qayd etgan tezkor futbolchini top klublar diqqat bilan kuzatishayotgani aniq.

 

PABLO SARABIYa

Klubi: «Sevilya»

Yoshi: 26

Tezkor futbol namoyish etayotgan andalusiyaliklarning o'yini ko'p jihatdan texnikasi yuqori bo'lgan vingerga ham bog'liq.

 

FERNANDO PAChEKO

Klubi: «Alaves»

Yoshi: 26

2015 yili Madrid «Kastilya»sidan «Alaves»ga ko'chib o'tgan darvozabon ayni payt jamoasi bilan Primera turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

 

SEBAST'YaN ALLE

Klubi: «Ayntraxt»

Yoshi: 24

Ajoyib gol sezish qobiliyatiga ega frantsiyalik futbolchi asli kelib chiqishi bo'yicha ivuarlik. U ayni payt Frantsiya termasidan chaqiruv kutmoqda.

 

NIKOLYa PEPE

Klubi: «Lill»

Yoshi: 23

Eden Azardan so'ng «Lill»da bunday texnikasi yuqori futbolchini ko'rmagandik. Pepening prototipi - Usmon Dembele.

 

RODRIGO DE PAUL'

Klubi: «Udineze»

Yoshi: 24

Bu futbolchi o'z jarima maydonchasida to'pni olib qo'yib, bitta pas bilan raqib himoyachilarini dog'da qoldirishi mumkin.

Abdulloxon ISROILXONOV tayyorladi

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив