O'zbekiston MTJ «Perry Park»da mashg'ulot o'tkazdi (fotogalereya)

Avstraliyaning Brisben shahrida yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi a'zolari bugun "Perry Park" stadionida navbatdagi mashg'ulotni o'tkazishdi.

Mashg'ulot odatdagidek yuqori kayfiyatda o'tdi. Terma jamoa shifokori Abror Pirrievning O'FA matbuot xizmatiga ma'lum qilishicha, tarkibdagi barcha futbolchilarning sog'lig'i joyida. Jarohat olganlar yo'q. Barcha futbolchilar umumiy guruhda mashg'ulotlarda qatnashishdi. 

Futbolchilar tezkorlikni oshirishga qaratilgan o'ziga xos estafeta mashqlarini ham olib borishganini ta'kidlab o'tish kerak. Bundan tashqari, murabbiylar shtabi terma jamoa a'zolarining ko'zlarini bog'lab, maydondagi jamoadoshi qaerda joylashganini his qilishga va unga to'g'ri pas berishga qaratilgan o'ziga xos mashqlarni o'tkazishganini ham alohida qayd etish zarur.

Yana bir ma'lumot. Avstraliya futbol federatsiyasi "Suncorp" stadioni maydon chimining sifati bilan bog'liq muammo tufayli, Janubiy Koreyaga qarshi o'yinni "Queensland Sport and Athletics Centre" (ANZ Stadium nomi bilan mashhur) o'yingohda o'tkazishni taklif qilishdi (17 noyabr kuni bu stadionda Avstraliya - Janubiy Koreya uchrashuvi o'tkazilgandi).

Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi "Queensland Sport and Athletics Centre" stadionida Janubiy Koreyaga qarshi o'yin oldidan so'nggi mashg'ulotni o'tkazishadi.  

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив