Toshkentda futboldagi funktsional va huquqiy masalalar bo'yicha seminar bo'lib o'tdi

Bugun, 18 noyabr kuni “Poytaxt” biznes markazida futboldagi funktsional va huquqiy masalalar bo'yicha seminar bo'lib o'tdi. Seminarda O'zbekiston Superligasi va Pro-Liga jamoalari a'zolari hamda Toshkentning bir necha universitetlari vakillari qatnashishdi.

Seminarni O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi Bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va Professional futbol ligasi  Bosh direktori Omon Gafurov kirish so'zlari bilan boshlab berdi.

Spikerlar sifatida taklif qilingan Rossiya futbol Ittifoqi vakillari Rogachev Denis Igorevich, RFI Prezidentining huquqiy masalalar bo'yicha maslahatchisi, Lyaxov Konstantin Olegovich, MFLning huquqiy va umumiy masalalar bo'yicha direktori, RFIning bahsli vaziyatlarni echish bo'yicha RFI palatasi raisi o'rinbosari va Zamorin Daniil Andreevich, RFI tartib-intizom qo'mitasi mas'ul kotibi, RFI Apellyatsiya qo'mitasi mas'ul kotibi Rossiya Ittifoqi futbol klublari litsenzilashtirish qoidalari, bahsli vaziyatlarni echish bo'yicha RFI palatasi ishlash tizimi va faoliyati tahlili, Lozannadagi Sport arbitraj sudi (CAS)ishlash tahlili bilan seminar qatnashchilariga gapirib berishdi.

Kunning ikkinchi yarmida taklif qilingan spikerlar FIFAning bahsli vaziyatlarni echish bo'yicha Palatasi va milliy palatasi yurisdiktsiyasi, FIFAning bahsli vaziyatlarni echish bo'yicha Palatasining qarorlariga amal qilmaslik uchun sanktsiyalar haqida gapirib berdilar. Seminar suhbat tarzida bo'lib o'tdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив