«Real» Neymarga taklif tayyorlayapti, «Barselona»da esa moliyaviya muammolar bor

“Barselona” va “Real”hali-hamon PSJ hujumchisi Neymarni sotib olish imkoniyatini saqlab qolmoqda.

Ma'lumki, 26 yoshli hujumchi Kataloniya klubida2013-2017 yillar davomida faoliyat olib borgan. “Barsa” rahbariyati va jamoa futbolchilari hamda Neymarning o'zi “Kamp Nou”ga qaytishga qarshi emas.

Biroq, “Barselona” joriy mavsum transferlar uchun ko'p mablag' sarflagani uchun transferni amalga oshirishda moliyaviy qiyinchiliklarga uchrashi mumkin.

Shuningdek, bir vaqtning o'zida Neymarga “Real” ham da'vogarlik qilmoqda. Bilasiz, “qirollik klubi” prezidenti Florentino Peres ko'p vaqtdan beri Neymarni Madridga olib kelishni istaydi.

Madridliklarda moliyaviy ahvol ayni vaqtda yaxshi bo'lib, keyingi yilda futbolchiga yangi taklif tayyorlashni rejalashtirgan.

Oxirgi variant esa PSJda qolish bo'lib, parijliklar 2017 yil yozida Neymar uchun “Barsa”ga 222 million evro to'lagan. Ma'lum qilinishcha, klub va futbolchi o'rtasidagi tuzilgan shartnomada qandaydir qoniqarli taklif bo'lsa, uni ko'rib chiqish mumkinligi yozib qo'yilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив