Santush: «Ronalduning o'rni boshqa»

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Fernandu Santush Italiyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

“Keyingi bosqichga o'tganimiz, darajamiz qanday ekanligini tasdiqladi. Italiya bilan o'yinga kelsak, birinchi bo'limda qiyinchiliklarga uchradik. Tanaffusda futbolchilarga maydonda nima qilishni tushuntirdim va o'yin muvozanati tenglashdi.

Polshaga qarshi uchrashuv, biz uchun hal qiluvchi va eng muhimi bo'ladi. Chunki, biz muxlislar qarshisida o'ynaymiz. G'alaba qozonishimiz shart. Ronaldu? Uning o'rni boshqa, bu haqda ortiqcha savol berishni hojati yo'q. Uning ijtimoiy tarmoqda qoldirgan postini o'qidim”, - deydi Santush.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив