Sautgeyt: «Angliya bilan faxrlanaman»

Angliya terma jamoasi  Garet Sautgeyt Xorvatiyaga qarshi o'yindan so'ng fikrlarini bildirib o'tdi.

“Birinchi o'rinda, men jamoam bilan juda faxrlanaman. O'ylashimcha, o'yinning ma'lum bir qismida ustunlik biz tomonda bo'ldi.

Birinchi bo'limda gol urish uchun imkoniyatlar tug'ildi. Biroq, barchasini ko'kka sovurdik. Shundan so'ng, oddiy golni o'tkazib yubordik va bu bizning matonatimiz va sabrimiz uchun sinov bo'ldi.

Raqibning qarshi hujumini qaytarib yuborganimiz yaxshi bo'ldi. O'yin davomida birinchi golni autdan keyin, ikkinchisini standartdan so'ng urdik. Balki, biz yangi Angliya emasdurmiz. Biz o'sha har doimgi Angliya bo'lib qolamiz. Joriy yilda erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman. “Uembli”da anchadan beri bunday muhitni ko'rmagan edim. Guruhdan chiqib ketish savolini muhokama qilmadik. Yarim finalga chiqamiz deb maydonga chiqdik.

O'yinimizda pasayish kuzatildi ammo qaytganimizdan so'ng kim ekanligimizni ko'rsatdik. Muxlislar bizning uslubimizni ko'rib, biz ishonishni boshlashdi”, - deydi Sautgeyt.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив