Zlatko Dalich: «Xorvatiya – jahonda ikkinchi, bu bilan faxrlansa arziydi»

Xorvatiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zlatko Dalich Angliyaga qarshi uchrashuvdan so'ng o'z fikrlarini bayon etdi.

“Ha, biz yutqazdik, jangda yutqazdik. Xorvatiya qo'rqmasdan, bor kuch bilan o'ynadi. Xatolar bo'ldi, standart vaziyatdan so'ng gol o'tkazib yubordik. Jarohatlar sabab Vrsalko va Rebichni yo'qotdik, lekin nima bo'lganda ham qo'ldan kelganini amalga oshirdik.

Angliyani g'alaba bilan tabriklayman va shuning bilan birga shogirdlarimni ham yaxshi yil bilan tabriklayman. Biz bu yil ajoyib natijalarga erishdik.

Bugungi katta muammomiz Ispaniya bilan o'yindagi yo'qotishlar bo'ldi. Masalan: Vrsalko va Rebich. Bizda unchalik ko'p futbolchilar yo'q, birdaniga besh nafar futbolchi almashtira olmaymiz. Bu yilgi natijalar bilan faqat faxrlanishimiz mumkin. Xorvatiya – kichik mamlakat, shunga qaramay katta naijaga erishdik. Biz jahonda ikkinchi bo'ldik, bundan esa faxrlansa arziydi”, – deydi Dalich.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив