Millatlar ligasi. Belgiya «og'zidagi oshi»ni Shveytsariyaga oldirdi (video)

UEFA millatlar ligasining "A" ligasi 2-guruhi kutilmagan natija bilan yakuniga etdi.

JCh-2018 bronza medali sohibi — Belgiya terma jamoasi ushbu guruhdan musobaqaning final bosqichiga chiqishi kutilgandi. Ular bunga yaqin ham turishgandi. Buning uchun so'nggi turda Shveytsariya maydonida durang o'ynashi kifoya edi.

Bahsning 2 va 17-daqiqalarida Torgan Azar tomonidan ikkita gol evaziga belgiyaliklar hisobda oldinga chiqib olishdi. Ammo mezbonlar qolgan daqiqalarda nafaqat hisobni tenglashtirishdi, balki raqibni yirik hisobda mag'lub etishdi — 5:2.

Shveytsariyaliklar hujumchisi Seferovich xet-trikni rasmiylashtirdi.

Ushbu g'alabadan keyin Shveytsariya ochkolar bo'yicha Belgiya bilan tenglashib oldi, ammo o'zaro o'yinlar bo'yicha "soatsozlar" musobaqa final bosqichiga yo'l olishdi.

UEFA millatlar ligasi, "A" liga, 2-guruh
Shveytsariya – Belgiya 5:2 (3:2, 2:0)
Gollar: 0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.
Shveytsariya – Zommer, Elvedi, Mbabu, Kloze, Rodriges, Tsuber (Benito, 87), Jaka, Froyler (Zakariya, 79), Fernandesh, Shakiri, Seferovich (Ayeti, 90).
Belgiya – Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Boyata, Mene (Origi, 90), Shadli (Batshuayi, 65), Vittsel, Azar, Tilemans, Azar, Mertens.
Ogohlantirishlar: Jaka (38), Mbabu (79), Seferovich (87).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив