Millatlar Ligasi. Shveytsariya Belgiyani yirik hisobda taslim qildi

Millatlar Ligasining 5-turida Shveytsariya Belgiyani taslim qilib yarim finalga yo'l oldi.  

Ushbu uchrashuv Lyutsernda o'tdi. Mezbonlar ikkinchi daqiqada Torgan Azardan gol o'tkazib yubordi,  17-daqiqadaTorgan dublni rasmiylashtirdi.

Shundan so'ng, shveytsariyalik futbolchilar birinchi o'ringa chiqib olishlari uchun 4 ta gol urishlari kerak edi. Hattoki, 2:3 hisobi ham belgiyaliklarni qoniqtirgan bo'lar edi.

Shunday tarzda, Shveytsariya Belgiyani 5 ta gol bilan jazoladi. “Benfika” hujumchisi Xaris Seferovich xet-trikni rasmiylashtirdi.

Shveytsariya Millatlar Ligasining yarim finaliga chiqdi.

Shveytsariya – Belgiya 5:2

«Shvissporarena»

Gollar:0:1 – 2 Azar, 0:2 – 17 Azar, 1:2 – 26, penalti Rodriges, 2:2 – 31 Seferovich, 3:2 – 44 Seferovich, 4:2 – 62 Elvedi, 5:2 – 84 Seferovich.

Shveytsariya: Zommer, Elvedi, Mbabu, Kloze, Rodriges, Tsuber (Benito, 87), Jaka, Froyler (Zakariya, 79), Fernandesh, Shakiri, Seferovich (Ayeti, 90).

Belgiya: Kurtua, Alderveyreld, Kompani, Boyata, Mene (Origi, 90), Shadli (Batshuayi, 65), Vittsel, Azar, Tilemans, Azar, Mertens.

Ogohlantirishlar: Jaka (38), Mbabu (79), Seferovich (87).

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив