O'rtoqlik o'yini. Janubiy Koreya bizga «master-klass» o'tib berdi

O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yinida yirik hisobda imkoniyatni boy berdi. Koreyslar bugun Ektor Kuper shogirdlariga haqiqiy master-klass o'tib berishdi.

Koreyaliklar har tomonlama tezlik, to'p nazorati, aniqlik, vaziyatlardan foydalanish, pressing jihatdan bizdan ustun ekanliklarini namoyish qilishdi. Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada ochildi. Li Yong o'ng qanotdan havolatib etkazgan to'pni Nam Te Xi erga tushirmasdan darvoza tomon tepdi. To'p himoyachilarimiz orasidan o'tib, olis burchakka borib tushdi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Janubiy Koreya burchak to'pidan so'ng hisobdagi farqni oshirdi. Dastlab yaqin masofadan yo'llangan kuchli zarbani Nesterov qaytargandi, ammo yon tomonga ketgan to'pni Xvang Uy Jo kuchli zarba bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'limda ham ustunlik raqiblar tomonida bo'ldi. Bahsning 69-daqiqasiga kelib tabloda yirik hisob qayd etila boshladi. Koreyaliklar o'yinga kiritgan burchak to'pini Shorahmedov bosh bilan qaytardi. Ammo zaxiradan tushgan Mun Seon Min 16 metrdan aniq zarba bilan darvoza burchagini ishg'ol qildi.

O'yin tugashiga 8 daqiqa qolganida to'rtinchi to'p darvozamizdan o'rin oldi. Raqibning ikki futbolchisi butun boshli mudofaa chizig'imizni parokandalikka uchratdi hamda Suk Xyun Jun yaqin masofadan darvozani ishg'ol etdi.

O'yin davomida futbolchilarmiiz koreyslar darvozasi tomon bir nechta zarbalar yo'llashdi, ammo ular oqibatida yaqqol golga tortadigan vaziyat yuzaga kelmadi.

Xalqaro o'rtoqlik o'yini.
O'ZBEKISTON - JANUBIY KOREYa - 0:4 (0:2
Gollar: Nam Te Xi (8), Xvang Uy Jo (23), Mun Seon Min (70), Suk Xyun Jun (82)
O'zbekiston: 1.Ignatiy Nesterov, 2.Akmal Shorahmedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov (S), 13.Oleg Zoteev, 16.Otabek Shukurov, 15.Aziz Turg'unboev (Marat Bikmaev 46), 17.Doston Hamdamov (Husniddin G'ofurov 75), 22.Javohir Siddiqov (Ikrom Aliboev 64),  14.Eldor Shomurodov
Janubiy Koreya: 23.Chjo Xyon U, 19.Kim Yong Gvon (Kvon Kyung Von 64), 15. Jung Seung Xyun (Xong Chul 76), 2. Li Yong, 6.Park Ju Xo, 7.Xvang In Beom, 5.Chju Sejong, 10. Nam Te Xi (Mun Seon Min 50), 17.Li Chung Yong (Li Jun Xyun 76), 26. Na Sang Xo, 16. Xvang Uy Jo (Suk Xyun Jun 69)
Bosh hakam: Kris Bit (Avstraliya)

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив