Toshkentda kamondan otish sport turi uchun mo'ljallangan zamonaviy baza qurilmoqda

Yil yakuniga qadar yurtimizda yana bir zamonaviy sport inshooti bunyod etiladi. Ayni paytda Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab internatida jahon standartlariga javob beradigan kamondan otish bazasining qurilish ishlari olib borilmoqda.

Kuni kecha Milliy olimpiya qo'mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov mazkur bazaning qurilish jarayonini ko'zdan kechirdi. Mazkur sport inshooti qurib bitkazilganidan so'ng, bu erda xalqaro sport musobaqalari, o'quv-mashg'ulot yig'inlarini ham o'tkazish mumkin bo'ladi. Bazada sportchi va murabbiylar uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kamondan otish federatsiyasi ham ana shu erda joylashadi.

Inshoot shu yil oxirigacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив