«Paxtakor» ayollar jamoasi mavsumni 8-o'rinda yakunladi

Toshkentning “Paxtakor” ayollar jamoasi mamlakat chempionatida 8-o'rinni egalladi.

Rustam Aripov boshchiligida Superliga va kubok bahslarida asosan yoshlarga e'tibor qaratgan holda ishtirok etgan jamoa imkon qadar ijobiy natijalarni qayd etishga intildi. 26 uchrashuvning 9tasida g'alaba qozongan "Paxtakor" 2 bor durang o'ynab, 15 marta imkoniyatni boy berdi. Raqiblar darvozasiga 29 bor ishg'ol qilindi, 64 to'p o'tkazib yuborildi. Jamoa yakunda 29 ochko bilan 8-o'rinni egalladi.

Chempionatda "Bunyodkor", "Sevinch" va "Metallurg" jamoalari kuchli uchlikdan o'rin olishdi.

O'zbekiston Kubogida esa jamoa yarim finalgacha etib keldi. Muhim bellashuvlarda tajriba etishmasligi va qulay vaziyatlardan foydalana olmaslik pand berdi, ammo ushbu mavsumda chiqarilgan xulosalar kelajakda ayollarimiz uchun foydali bo'lishi tabiiy.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив