Bugun Kuper bilan matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi musobaqasida ishtirok etadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda. Vakillarimiz sentyabr, oktyabr va noyabr oylaridagi FIFA kunlarida bir qator o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushdi.

Dekabr oyida milliy terma jamoamiz Turkiyada yana bir yig'in o'tkazadi. Terma jamoamiz bosh murabbiyi mazkur yig'indan keyin Osiyo Kubogiga yo'l oladigan futbolchilar borasida bir to'xtamga keladi.

Turkiya yig'ini oldidan bugun 11:00da O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi anjumanlari zalida Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil qilinadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив