Mavsum-2018 yakunlari: «Qo'qon-1912» kim qancha o'ynadi?

Yakuniga etgan mavsumga doir statistik ma'lumotlarimizni davom ettiramiz. Bugun mavsum-2018da kim qancha o'ynagani haqida to'xtalib o'tamiz.

Bu yilgi chempionatda jamoamiz tarkibida jami 23 nafar futbolchi maydonga tushganini ta'kidlash joiz.

Jamoamiz darvozaboni O'tkir Yusupov 2018 yilda nafaqat jamoamizda balki, superligadagi barcha uchrashuvlarda maydonga tushgan va ularning hammasida to'liq harakat qilgan yagona futbolchiga aylandi. O'tkir chempionat davomida 2880 daqiqa o'ynadi.

Mavsum davomida jamoamiz safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilaridan yana biri Aleksandr Merzlyakovdir. Etakchi himoyachimiz 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning maydonda harakat qilgan daqiqasi - 2740 ga teng.

Shuningdek, Suhrob Berdievni ham mavsum davomida ko'p uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilari qatoriga qo'shsak bo'ladi. Suhrob mavsum-2018da 31ta o'yinda harakat qilgan. Uning maydondagi daqiqasi – 2276ga teng.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив