«Real Madrid» Azar transferi borasida kelishuvga erishdi

Madridning "Real" klubi Londonning "Chelsi" jamoasi bilan hujumkor yarim himoyachi Eden Azar transferi borasida kelishib oldi, deya xabar qilmoqda Mundo Deportivo nashri.

Manbada ta'kidlanishicha, belgiyalik futbolchi 2019 yilning yozida "Qirollik klub" safiga kelib qo'shiladi. "Chelsi" Azar uchun 170 mln evro so'ramoqda, biroq madridliklar narxni tushirishga urinmoqdalar va buning evaziga ayni damda Londonda ijarada o'ynayotgan Mateo Kovachichni berib yuborishga tayyorlar.

Eslatib o'tamiz, ushbu mavsum 27 yoshli futbolchi APLda 13 o'yin o'tkazib, 7 gol urgan va 5ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив