O'zbekiston matbuot va axborot agentligi kubogi musobaqasi o'z yakuniga etdi

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan O'zbekiston matbuot va axborot agentligining mamlakat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda jurnalistlar va nashriyot xodimlari  o'rtasida o'tkazgan mini-futbol musobaqasi nihoyasiga etdi.   Besh kun davomida 24ta jamoa olti guruhga bo'lingan holda kurash olib bordi. Chorak va yarim finaldan keyin O'FA sun'iy maydonlarida musobaqaning uchinchi o'rini hamda bosh sovrini uchun o'yinlar o'tkazildi.   Dastlab maydonga “Sharq” va “Xalq so'zi” gazetasi tahririyati vakillari tushishdi. Murosasiz va keskin o'tgan o'yinda gazeta xodimlari g'alaba qozonishdi.    Nihoyat, musobaqaning finali. Maydonda ko'plab turnirlar g'olibi va sovrindori, “Sharq” singari uzoq yillik tarkibdan iborat O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining MTRK jamoasi tarkibi yoshlardan iborat, futbol maktabi ko'rgan, lekin ayni paytda telexodim sifatida ishlayotgan  Zoʻr TV jamoasiga qarshi saf tortdi.  Chinakam jangovar kayfiyatda va deyarli teng kurashlar ostida o'tgan uchrashuvda MTRK jamoasi Zoʻr TV jamoasini 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.   Musobaqaning tantanali yopilish marosimida O'zbekiston Matbuot va axborot agentligi bosh direktori o'rinbosari O'ktam Hamroev va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev birinchi, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallagan MTRK, Zoʻr TV hamda “Xalq so'zi” gazetalari jamoalariga oltin, kumush va bronza medallarini, shuningdek, diplomlarni topshirishdi.  G'olib jamoaga o'n million so'm, sovrindorlarga esa sakkiz va olti million so'm pul mukofotlari, kitoblar jamlanmasidan iborat maxsus sovg'alar taqdim etildi.   Aksariyat musobaqalarda bo'lgani kabi, bu turnirda ham eng yaxshilar aniqlandi. Jumladan, eng yaxshi darvozabon Jamoliddin Hikmatov (Zoʻr TV), eng yaxshi himoyachi Hakimjon Yo'ldoshev (“Xalq so'zi”), eng yaxshi yarim himoyachi Azimjon Imomov (“Sharq”), eng yaxshi to'purar Muhammadali O'ktamov (“O'zbekiston” NMIU) hamda eng yaxshi o'yinchi Jahongir Qayumov (MTRK) deb topildi va ularga ham maxsus sovg'alar topshirildi.   Uchinchi o'rin uchun bahs “Sharq” - “Xalq so'zi” – 0:2   Final Zoʻr TV – MTRK – 0:2 скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив