Klublarni litsenziyalash ishchi guruhi Samarqand va G'uzorda

“O'FA va O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etuvchi futbol klublarini litsenziyalash va professional futbol klubi maqomini belgilash bo'yicha reglament” ishlab chiqilgani va uning O'FA Ijroqo'mi byurosi tomonidan tasdiqlangani haqida xabaringiz bor.

Ta'kidlanganidek, PFL mazkur reglament asosida futbol klublarini kelasi mavsum uchun tayyorlab boradi.

Ishchi guruh 4 dekabrda dastlab Jizzaxga keldi va “So'g'diyona” klubidagi sharoitlarni tekshirdi. So'ngra 5 dekabrda Samarqandning “Dinamo” klubida bo'ldi.

“Dinamo” futbol klubida qilingan monitoring bo'yicha hulosalar:

- Stadion maysasi qoniqarli holatda, lekin klub uni yaxshilash uchun chim bilan ishlaydigan mutaxassislarni jalb etgan;

- Klub akademiyasi Samarqand viloyati futbol Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ishlaydi;

- Klub uchun yangi avtobus sotib olindi; hamda

- Stadion yoritgichlari talablarga javob bermaydi.

Bundan tashqari ishchi guruh 5 dekabrda G'uzorda bo'lib, “Sho'rtan” klubi sharoitlari bilan tanishdi.

“Sho'rtan” futbol klubida qilingan monitoring bo'yicha hulosalar:

- Klub akademiyasi tayyor va 2019 yilning yanvar oyidan ishga tushadi;

- Maydon chimi va tribunalarini ta'mirlash bo'yicha ishlar olib borilmoqda;

- Stadion yoritgichlari talabga javob bermaydi.

Hozirda, talablarni bajarish uchun klub reja asosida ish boshlagan. Jumladan, stadion maysasi, tribuna va boshqa masalalarda ish allaqachon boshlab yuborilgani oydinlashdi. Ishchi guruh bugungi tashrif chog'ida shuningdek, klub mutasaddilariga kerakli sohalar bo'yicha maslahat va takliflar berdi.

Tashrif chog'ida, klub mutasaddilari shuningdek, marketing hamda media sohalarini rivojlantirish uchun harakat qilishayotganini ta'kidlashdi. Muxlislar bilan ishlashda ham, klub ayni damda faol muxlislarni klubga shtat asosida jalb qilishni rejalashtirgan. 

Ma'lumot uchun, PFL monitoring guruhi 6 dekabr kuni Buxoroning “Buxoro” va Navoiyning “Qizilqum” klublarini monitoring qiladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив