«Sug'diyona» Lushchan bilan yangi shartnoma imzoladi

Xabaringiz bor, Sergey Lushchan aprel oyida “So'g'diyona”ni qabul qildi. O'tgan davr mobaynida Sergey Ivanovich boshchiligida jamoada bir qator jabhalarda ijobiy o'zgarishlar bo'ldi. Sergey Ivanovich yoshlarga imkoniyat berib, Shaxboz Jo'rabekov, Oybek Nurmatov, Saxob Rashidov, Siroj Melievlar kabi futbolchilarni kashf etdi.

Ushbu ijobiy jihatlarni inobatga olib “So'g'diyona” PFK raxbariyati Sergey Lushchan va uning yordamchilari: Muhiddin Ortiqov (katta murabbiy), Avgustin Chirita (jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy) lar bilan shartnomalarni uzaytirdi.

Shu o'rinda, 2019 yilgi mavsumda Sergey Ivanovich va “So'g'diyona” jamoasi ijobiy natijalarga erishishida tilakdoshmiz.

Biz sizga ishonamiz Sergey Ivanovich!

“So'g'diyona” PFK matbuot xizmati

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив