Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar

Yangicha tartibda tashkil etilgan va yil boshidanoq ko'pchilikning o'zgacha qiziqishini torta olgan O'zbekiston Superligasining 2018 yilgi mavsumi ham ortda qoldi. 

Anchagina qiziqarli va murosasiz uchrashuvlarni siz-u bizga taqdim eta olgan 2018 yilda bir qator murabbiy, futbolchi va darvozabonlar ishonchli, ko'pchilikka manzur keladigan o'yin namoyish etib, futbol jamoatchiligi olqishlariga sazovor bo'lishdi. 

Professional Futbol Ligasi 14 dekabr kuni soat 18:00da “O'zekspomarkaz” Kongresslar zalida ortda qolayotgan Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazadi. Yil yakunlariga bag'ishlab o'tkaziladigan marosimda o'z yo'nalishi bo'yicha eng yaxshi deya e'tirof etiluvchi nomzodlar eng yaxshilar uchun atalgan mukofotlarni qabul qilib olishadi. 

PFL rasmiy sayti va ijtimoiy tarmoqlarida turli nominatsiyalarda eng yaxshi bo'lish uchun nomzodlar nomini e'lon qilib boradi.  

Yilning eng yaxshi ayol futbolchisi bo'lish uchun nomzodlar

KAMILA ZARIPOVA (AGMK).   

Ushbu futbolchi mavsumni juda barqaror tarzda o'tkazdi va milliy chempionat bahslarida 35 marta raqibalari darvozalarini ishg'ol etishga erishdi.   

LYuDMILA KARAChIK (“BUNYoDKOR-W”).  

Ushbu futbolchi mavsumni juda ko'tarinki ruhda o'tkazdi va 24 ta golga mualliflik qildi. Qolaversa, “Bunyodkor-W” jamoasining chempionlikni qo'lga kiritishida katta xissa qo'shdi. 

NILUFAR QUDRATOVA (“SEVINCh”).   

Ushbu futbolchi yil davomida o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish etdi va yakunda chempionat doirasida raqibalari darvozalarini 65 marta ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.  

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив