«Everton» «Chelsi» hujumchisi uchun kurashga qo'shildi

Angliyaning “Everton” klubi “Chelsi”ning belgiyalik hujumchisi Mishi Batshuayi uchun kurashga qo'shildi. Bu haqda Mirror nashri xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, liverpulliklar futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Ayni damda futbolchi ijara asosida “Valensiya” safida to'p surmoqda. Ammo ispaniyaliklar futbolchi bilan xayrlashishiga tayyor ekanligini bildirdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, “Everton” belgiyalik hujumchi uchun 14 million evro to'lashga tayyor. Shuningdek, Batshuayiga “Marsel”, “Kristal Pelas” va “Fulxem” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив