Ronaldu yana muammolar girdobida. U «sobiq qallig'i»ni sudga beradi

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu 33 yoshli model, aktrisa Jasmin Lennar bilan sudlashishga qaror qildi. Angliyalik ayol futbolchi bilan bog'liq ba'zi sirlarni oshkor qilgani uchun futbolchi shunday qarorga keldi.

«Yaqindan qilingan suhbatda Krishtianu ruhiy jihatdan muammoga ega ekanini tan oladi. Uning hayotidagi yolg'onlar farzandlari va ularning onasini tobora qamrab olmoqda. U — zolim va yolg'onchi. Uning hayoti yolg'ondan ibora. U ruhiy jihatdan sog' emas.

Menga va oilamga tajovuz qilishdi. Menga xabar berishlaricha, menga mag'zava ag'daruvchi fayl yaratilgan. Meni va farzandlarimni u yollagan detektiv kuzatib borayotgan ekan. Etar, bas! Krishtianu, sen o'zingni kim deb o'ylaysan?», – deya yozdi Lennar.

Angliyaning Metro nashri Ronalduning huquqshunoslariga asoslangan holda yozishicha, besh karra «Oltin to'p» sohibi Jasmin Lennar ustidan sudga shikoyat qiladi. Sheningdek, portugaliyalik futbolchining vakillari ular avvalroq o'zaro munosabatda bo'lishgani haqidagi xabarlarni inkor qilishdi.

Kecha esa Wall Street Journal tomonidan yana boshqa xabar tarqatildi. Unga ko'ra, Las-Vegas politsiyasi Ronaldudan DNK testini olish haqida qaror chiqardi. Xabaringiz bor, AQShlik ayol Ketrin Mayorga portugaliyalik futbolchi o'zini zo'rlagani haqida politsiyaga shikoyat qilgandi. DNK tekshiruvi orqali esa 2009 yilning iyun oyida Mayorganing libosida qolgan izlar bilan solishtirib ko'riladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив