Valverde Dembele va Koutino haqida fikr bildirdi

Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Ernesto Valverde Ispaniya kubogi 1/8 finali dastlabki o'yinida “Levante”ga uchralgan mag'lubiyatdan (1:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Dembeleni maydonda tushirmagan vaqtimda hamma u haqida so'radi. Endi esa u maydonda, Koutino esa yo'q. Hammasi teskari aylanmoqda.

Futbolchilar holatni o'zgartirish uchun ishlashi lozim. U norozi, biroq asosiy tarkib uchun kurashishi kerak. Ammo Koutino bizga ko'p narsa bermoqda va kelajakda ham shunday bo'ladi. Bu gapni Dembele haqida ham aytishim mumkin”,—deydi Valverde.

Ma'lumot uchun, Ispaniya kubogining 1/8 finali javob uchrashuvi 17-yanvar kuni “Kamp Nou” stadionida bo'lib o'tadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив