Velosport. Hamyurtlarimiz Osiyo chempionatida ikkinchi medalni qo'lga kiritishdi

Indoneziya poytaxti Jakarta shahrida velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda. Avvalroq, kattalar o'rtasidagi bahslarda Olga Zabelinskaya oltin medal sohibasiga aylangani haqida xabar qilgandik.

Kecha o'smirlar o'rtasidagi bellashuvlarda Yanina Kuskova guruh bahslari saralashida ishtirok etdi. Musobaqa yakunlariga ko'ra Gonkong vakilasi S.Li birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. Kumush medalga esa 8 ochko jamg'argan hamyurtimiz Yanina Kuskova sazovor bo'ldi. Uchinchi o'rinni egallagan qozog'istonlik Elvira Xamzina ham 8 ochko to'pladi. O'zbekistonlik velosportchi bugun yakkalik poygalarida ham medal uchun kurashga chiqadi. Hamyurtimiz 3-4-o'rinlar uchun hindistonlik sportchi bilan bellashadi.

Shuningdek, Murod Xolmurodov ham omnium yo'nalishidagi poygada qatnashadi. Avvalroq guruh poygalarida oltin medalni qo'lga kiritgan Olga Zabelinskaya yakkalik bahslarida 1-2-o'rinlar uchun startga chiqadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив