Velosport. Bugun ikki sportchimiz Osiyo chempionatida startga chiqadi

Xabar berib o'tganimizdek, Jakartada velotrek bo'yicha Osiyo chempionati o'tkazilmoqda. Kecha ayollar o'rtasidagi guruh poygalarida Olga Zabelinskaya oltin medalni qo'lga kiritgandi.

Bugun o'tkaziladigan bellashuvlarda skretch yo'nalishida Murod Xolmurodov startga chiqsa, point bahslarida Yanina Kuskova o'z omadini sinab ko'radi.

Ma'lumot uchun, Osiyo chempionatida qit'aning 16 mamlakatidan sportchilar ishtirok etmoqda. Ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini taqdim etadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив