O'zbekiston terma jamoasining bugungi mashg'ulotlari boshqa stadionga ko'chirilishi mumkin

Bugun, 11 yanvar kuni O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Dubay shahrida mashg'ulotlarni davom ettiradilar.

Bugungi mashg'ulot  mahalliy vaqt bilan soat 17:00da Dubaydagi “Rashid Stadium”ga qarashli “SAAD Al-Nahda” o'yingohida bo'lib o'tishi kerak edi.

Ammo murabbiy Ektor Kuperga kecha mashg'ulot o'tkazilgan stadionning yoritish tizimi ma'qul kelmagani sabab bugungi mashg'ulotlar boshqa stadionga ko'chirilishi mumkin.

Ma'lumot o'rnida, ertaga Turkmanistonga qarshi o'yindan oldin komissar ishtirokida miting, matbuot anjumani va o'yinoldi mashg'ulotlar bo'lib o'tadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив