«Qo'qon-1912» o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi

Yangi mavsumga hozirlik olib borayotgan “Qo'qon-1912” jamoasining Toshkentdagi yig'ini davom etmoqda. 

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Klub matbuot xizmatining ma'lumot berishicha, Orif Mamajonov ham mashg'ulotlarda ishtirok etmoqda. 15 yanvar kuni serbiyalik legionerlar mashg'ulotlarga qo'shilishadi.

O'tgan yili qo'qonliklar sharafini himoya qilgan Darko Gojkovich va Marko Milichdan tashqari, yana ikki nafar serbiyalik o'yinchilarning kelishi kutilmoqda. Ularning bir nafari hujumchi bo'lsa, yana bir nafari yarim himoyachi.

Toshkentdagi yig'in chog'ida bo'lib o'tadigan o'rtqolik uchrashuvlardagi raqiblar ma'lum bo'ldi. Ertaga No''mon Hasanov shogirdlari o'zaro ikkiga bo'lingan holda o'yin o'tkazishadi.

19 yanvar kuni esa qo'qonliklar Navoiyning “Qizilqum” jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. 26 yanvar kuni esa qo'qonliklar yig'in doirasidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'rtkazishadi. Shu kuni “Shunqorlar”ga Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi raqiblik qiladi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив