Kamondan otish. Turkiyadagi yig'in o'zining qizg'in pallasiga kirgan

Xabaringiz bor, terma jamoalarimiz Milliy olimpiya qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan strategiya asosida Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Shu munosabat bilan kamondan otish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Turkiyaning Samsun shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirishmoqda.

Merganlarimiz mazkur yig'in doirasida Turkiya ochiq chempionati, shuningdek Gruziyadagi turnirda ham ishtirok etishdi.

Terma jamoamiz mashg'ulotlarni quyidagi tarkibda olib bormoqda:

Sardor Rustamov
Zokirjon Gafurov
Jamshid Sodiqov
Abdulboriy Oloviddin
Munira Nurmanova
Ziyodaxon Abdusattorova
Kamola Yunusova
Anastasiya Soldatenko

Murabbiylar:

Gulnora Aripova
Vladimir Lekvishvili (Turkiya).

Yig'in 27 yanvarga qadar davom etadi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston kamondan otish bo'yicha xech qachon Olimpiya o'yinlarida qatnashmagan. O'zbekiston kamondan otish federatsiyasi oldiga Yaponiya Olimpiadasiga litsenziya qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив