Velosport. Shosse bo'yicha terma jamoamiz a'zolari Toshkentdagi Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rishmoqda

Xabaringiz bor, shu yilning 22-28 aprel kunlari Toshkent shahrida velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi. Shu munosabat bilan shosse bo'yicha terma jamoamiz a'zolari yurtimizda bo'lib o'tadigan qit'a birinchiligiga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini boshlashdi.

Bugun, 11 yanvar kuni murabbiy Yu.Abrekov boshchiligidagi sportchilarimiz Farg'ona viloyatida o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdilar. 30 yanvarga qadar davom etadigan yig'inda 19 nafar sportchi ishtirok etmoqda.

Eslatib o'tamiz, Osiyo chempionatida qit'amizning 40 ga yaqin davlatidan 500 nafardan ziyod velosportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ushbu qit'a chempionati Tokio 2020 Olimpiadasiga litsenziya taqdim etuvchi musobaqa hisoblanadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив