«Manchester Yunayted» futbolchilari rahbariyatga: «Iltimos, Sulsher ketmasin»

«Manchester Yunayted» futbolchilari va murabbiylar shtabi Ole-Gunnar Sulsherning keyingi mavsumda ham jamoada qolishini istashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, ular bu borada rahbariyatga murojaat qilishgan. Ma'lumot uchun, 45 yoshli norvegiyalik mutaxassis 2019 yil yozigacha jamoani boshqaradi. Uning boshqaruvidan keyin “MYu” 6 o'yinda 6 g'alaba qayd etdi, Sulsher jamoaga yangi hayot bag'ishladi.

Shuningdek, murabbiylar Maykl Kerrik va Kiran Makkenn ham Mourinodan ko'ra Sulsher bilan yaxshiroq ishlashayotganini ta'kidlashgan.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив