Kavani va Mene «MYu»ga qarshi uchrashuvni o'tkazib yuboradi

PSJning ikki nafar futbolchisi 1/8 finali doirasida “Manchester Yunayted”ga qarshi bo'lib o'tadigan uchrashuvni o'tkazib yuboradi.

Edinson Kavani kecha mashg'ulotlar vaqtida boldiridan jarohat oldi va parijliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel urugvaylik futbolchini evrokuboklarda maydonga tushish ehtimoli kamligi haqida aytdi.

31 yoshli futbolchi “MYu”ga qarshi birinchi o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Shuningdek, uning javob o'yinida ham maydonga tushishi so'roq ostida turibdi deb xabar beradi RMC Sport.

Europe1 nashrining xabar berishicha, “Manchester Yunayted”ga qarshi bahsni himoyachi Toma Mene ham o'tkazib yuborilishi kutilmoqda.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив