Aguero Shirerga tegishli APL rekordini takrorladi

Angliya premer-ligasining 26-turi doirasida "Manchester Siti" o'z maydonida "Chelsi"ni qabul qilib, 6:0 hisobida g'alaba qozondi. "Shaharliklar" hujumchisi Serxio Aguero bu o'yinda o'z hisobiga 3ta gol yozdi.

Shu tariqa, argentinalik futbolchi APLdagi o'zining 11-«xet-trigi»ni rasmiylashtirdi. Aguero bu ko'rsatkich bo'yicha APL rekordchisi bo'lib turgan Alan Shirerga etib oldi.

Bundan tashqari, Serxio Aguero ketma-ket ikkita o'yinda «xet-trik»ga erishgan beshinchi futbolchiga aylandi. So'nggi marta bunday natijani 2010 yilda Dide Drogba qayd etgandi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив