Ronaldudan navbatdagi rekord

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Sassuolo”ga qarshi o'yinda sermahsullik ko'rsatdi.

34 yoshli futbolchi joriy mavsum “A” Seriyada 18-golini urdi. U to'p urarlar poygasida o'z o'rnini yanada mustahkamlab oldi.

Shuningdek, Krishtianu safargi o'yinlarda ketma-ket 9 ta gol urdi, bu rekord natija hisoblanadi va portugaliyalik futbolchining faoliyati davomida eng uzoqqa cho'zilgan seriya bo'ldi.

Qolaversa, Ronaldu ushbu o'yinda Emre Janga goli uzatma amalga oshirdi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив