PFL kubogi-2019 taqvimi tasdiqlandi

Joriy yilning 17-22 mart kunlari PFL kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

Mazkur musobaqada B Pro-ligada qatnashishga asosiy nomzod klublar ishtirok etadi va ular A Pro-ligada ishtirok etish imkonini taqdim etuvchi yo'llanma uchun kurash olib borishadi. 

PFL kubogi-2019 qatnashchilari: 

- “Lokomotiv-BFK”

- “G'ijduvon”

- “Zomin”

- “Iftixor”

- “Oq-tepa”

- “Yangier”

- “Bunyodkor-2” (shartli)

- “Rubin” (shartli)

 

PFL kubogi-2019 uchun klublar vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qur'a natijalariga ko'ra, juftliklar quyidagicha ko'rinish oldi: 

 

17 mart

A) “Bunyodkor-2” – “G'ijduvon”

B) “Iftixor” – “Rubin”

C) “Yangier” – “Lokomotiv-BFK”

D) “Zomin” – “Oq-tepa”

 

Yarim final

19 mart

A g'olibi – B g'olibi

C g'olibi – D g'olibi

Final

22 mart

Ta'kidlash joiz, “Bunyodkor-2” hamda “Rubin” jamoalari musobaqada shartli ravishda qatnashishadi. Qolgan klublar ichidan musobaqa g'olibiga aylangan jamoa esa A Pro-ligada imtiyozli ravishda ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

скачать dle 12.1
Fikr bildirish

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив